Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA “JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA UCHRASHUV O'TKAZILDI
2022-10-27    561

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 25-oktabr kungi 87-01-936-sonli xatining ijrosini taminlash maqsadida bugun, 27-oktabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirining o’rinbosari Yusuf Absoatov, Ichki ishlar vazirining Yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Bahodirjon Sultonov, Andijon viloyati hokimining o'rinbosari Rahmatillo Arziyev, viloyat bosh imom-hatibining o'rinbosari Muhammadisak domla Mo'minov, universitetimiz professor-o'qituvchilari hamda 600 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdi. Dastlab tadbir qatnashchilariga "Jaholatga qarshi marifat" mavzusidagi videorolik katta ekran orqali namoyish etildi.

Shundan so’ng, so‘zga chiqqan Muhammadisak domla Mo'minov, darxaqiqat, dunyo miqyosida hukm surayotgan tahlikali vaziyat, xalqaro diniy ekstremizm, diniy qarama-qarshilik kuchayib borayotgani, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamizni xavotirga solmoqda. Bugungi kunda yurtimizda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish hususan yosh oilalar, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda,” – deya o’z fikrlarni aytib o’tdi.

Shundan so'ng, Andijon davlat universiteti doktoranti Yusufxon Jahongirov davlatimiz rahbari mamlakatimizda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Suhbat so’nggida Rahmatillo Burhonovich mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalarini bayon qilib, “Jaholatga qarshi ma’rifat” kabi ulug‘vor g‘oyani shior qilib yurt tinchligi va taraqqiyotida yoshlarimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan kelajak barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgani, qolaversa, yoshlarning ilm-ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy mezonini yuksaltirish, talaba-yoshlar o‘rtasida turli huquqbuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy tarmoq va internet jahon axborot tizimidan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.