Andijon Davlat
Universiteti
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI MUTAXASSISI TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI
2022-10-24    517

Bugun, 24-oktabr kuni Andijon davlat universitetiga O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi volontyorlar bilan ishlash bo'limi mutaxassisi Elyorbek Norpo'latov tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi mutaxassisi talaba-yoshlar bilan muloqot o'tkazdi, ularning muammolarini o’rgandi va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so'ng, mas'ul rahbarlar hamrohligida 1- va 2-talabalar turar joylarida bo’lib, talabalarning yashash sharoitlari, yaratilgan imkoniyatlar hamda kamchiliklar o'rganildi. Bundan tashqari, birinchi talabalar turar joyidagi yangi tashkil etilgan fitnes klub va karaoke xonasini ham ko'zdan kechirdi.

 

Elyorbek Norpo'latov tashrif davomida 2-talabalar turar joyida o'tkazilayotgan "Osh chempionati"da ham ishtirok etib, munosib nomzodlarni tanlashda va ularni taqdirlashda marosimida qatnashdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.