Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA 5 MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA SPORTNING "VOLEYBOL" TURI BO'YICHA MUSOBAQA O'TKAZILDI
2022-10-24    501

Andijon davlat universitetida 5 ta muhim tashabbus doirasida o'tkazilayotgan sport musobaqalari qizg'in tarzda davom etmoqda.

 

Bugun, 24-oktabr kuni Andijon davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo'nalishi, oziq-ovqat texnologiyasi, kimyo va biologiya hamda geografiya yo'nalishlari talabalari o'rtasida "Dekan kubogi" uchun sportning "Voleybol" turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

 

Shiddatli va murosasiz bahslarga boy o'tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra 1-o'rinni "Kimyogarlar", 2-o'rinni "Yosh biologlar", 3-o'rinni esa "Ekologlar" jamoasi egalladi.

 

G'olib bo'lgan jamoalarga fakultet dekani tomonidan esdalik sovg‘alari va I, II, III darajali diplom topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.