Til- millat ko'zgusi, ma'naviyat sarchashmasidir. Bugun O'zbekiston bo'ylab milliy tilimiz bayrami keng miqyosda nishonlanmoqda.
Xuddi shu munosabat bilan bugun, 21-oktabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida filologiya fakultetining "Ona tilim- qalbim ardog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Filologiya fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda universitetimiz professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir ko'tarinki ruhda boshlandi va universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev barchani o‘zbek tili bayrami kuni bilan qutlab, buyuk qadriyatimiz, qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimizning milliy o‘zligi va mustaqil davlatimiz timsoli, bebaho ma’naviy boyligimiz ekanligini alohida ta’kidladi.
O'zbek tili - milliyligimizning yorqin ifodasi. Tadbir davomida talabalar tomonidan o'zbek tilining ulug'ligini madh etuvchi she'rlar va qo'shiqlar guldastasi namoyish etilib, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy egalladi.
Shu bilan birgalikda tadbirda Filologiya fakulteti dekani Bahodir Rahmonov ma'ruza qilib, tadbirga o'zgacha fayz kiritdi.
Tadbirga O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya safida xizmat qilayotgan harbiylar ham tashrif buyuribgina qolmay, ular o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, hammani lol qoldirdi.
Bayramga yana-da ko'tarinkilik bag'ishlash maqsadida talaba-qizlar o'zlarining bir qator raqslar guldastasini taqdim etdi.
Tadbir so'nggida barcha tadbir ishtirokchilari universitet ma'muriyatining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Barcha O'zbekiston fuqarolarini o'zbek tilining 33 yillik bayrami bilan chin dildan samimiy muborakbod etib qolamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI