Joriy yilning 19 oktabr kuni AQShning Indiana universitetida doktorant va turli soha vakillari bilan Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti talabalari ZOOM dasturi orqali uchrashuv muloqot tashkil etildi. Bunday uchrashuvlar a’nanaga aylanib ulgurdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan o‘quv yilida ham 3 marotaba amerikalik talabalar bilan uchrashgan edik. Bu galgi uchrashuvimiz ham o‘zbek tilini 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi. Uchrashuvni hozirda AQShning Indiana universitetida ilmiy safarda bo‘lib turgan tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov tashkil etdi.
Muloqotni Indiana universiteti katta o‘qituvchisi Malik Xadjaev (M.Xadjaev Indina universitetida amerikaliklarga o‘zbek tilidan dars beradi) va R.Shamsitdinovlar olib bordi. Eng quvonarlisi amerikalik doktrant, hozirda O‘zbekistondagi tojiklar bo‘yicha dissertatsiya tayyorlayotgan Mett Xulsteyn, Kaliforniya shtatining San-Dego shaxrida hamshira bo‘lib ishlayotgan Meri Stoun va adabiyotshunos olim A.Cho‘lponni "Kecha va kunduz" romanini ingliz tiliga tarjima qilgan Kris Fortlar o‘zbek tilida xuddi o‘z ona tiliday bemalol so‘zlaganlari menda katta ta’surot qoldirdi. Suhbat davomida o‘zbek adabiyoti, o‘zbek tiliga bo‘lgan ahamiyat, bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar amerkalik talabalarni qiziqtirdi. Shuningdek, amerkalik talabalar o‘zbek tilini o‘rganishdan maqsadi, o‘zbek tilini o‘rganishda qaysi adabiyotlardan foydalanayotganligini bildirib o‘tdilar. Bizning talabalar A.Navoiy g‘azallaridan ham o‘qib berdi.
Amerikada turli kasb egalarining o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibori, faqat mutaxassislar emas, balki oddiy odamlarning ham tilimizga e’tiborlarining ortishi bu millatimizga, davlatimizga bo‘lgan hurmatdan dalolat bermoqda.
Fakultetimiz dekani o‘zbek tiliga berilayotgan ahamiyat juda yuqoriligi, o‘zbek madaniyati, urf –odatlari, milliylik an’analari bo‘yicha amerikalik talabalar ma’lumotlar berdi. Kelajakda Indiana universiteti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida talaba almashinuvi dasturlari amalga oshishi, amerikalik talabalarni yurtimizga mehmon bo‘lib kelishi, ularga boy tariximiz, tilimiz, an’analarimizni bajonidil o‘rgatishimizni fakultetimiz dekani R. Shamsitdinov ta’kidlab o‘tdi.
Bunday uchrashuvlar, ayniqsa amerkaliklarni o‘zbek tilida ravon so‘zlashlari o‘zbek tilini butun dunyoda qanday e’tibor berilayotganligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. 21 okyatbr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Ushbu bayram kuniga ushbu uchrashuv munosib sovg‘a bo‘ldi desak yanglishmaymiz. Uchrashuvni tashkil qilib bergan fakultetimiz dekani Ravshanbek Rustambekovichga o‘z minatdorchiligimizni bildiramiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI