Til inson madaniyatining ifodasidir. Har bir millatning oʻzligi uning tili va adabiyotida namoyon boʻladi. Til umr boʻyi oʻrganiladigan, sayqal bergan sari ochilib, yashnaydigan sanʻat durdonasidir. Joriy yil oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi respublikamiz boʻylab keng nishonlanmoqda.
Kuni kecha Andijon davlat universitetining 2-talabalar turar joyida pedagogika fakulteti hamda jismoniy madaniyat fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 21-oktabr — O'zbek tili bayrami munosabati bilan "Til - millat ko'zgusi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning badiiy qismida universitetimizning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan qo‘shiq va raqslar ijro etilib, talabalarning she’rlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Tadbir so'nggida o'z iqtidorini namoyish etgan talaba-qizlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
O‘tkazilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy kecha tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI