Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti Rossiya Federatsiyasining Tomsk davlat milliy tadqiqotlar universiteti bilan oʻzaro qo'shma ta'lim dasturi doirasida memorandum imzolangan. Unga koʻra, ikki oliygoh oʻzaro koʻp tomonlama hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Joriy yilning 17-19-oktyabr kunlari hamkorlik doirasida Tomsk davlat universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Dastlab, mehmonlar “Oʻzbekiston Respublikasi suv havzalarida mikroplast: muammo va yechimlar” loyihasi asosida Andijon viloyatidagi mavjud suv havzalarida bir qator sinov loyihalarni amalga oshirdilar.
Shundan soʻng, tabiiy fanlar fakultetida Tomsk davlat universiteti vakillari Vorobyov Danil Sergeyevich, Frank Yuliya Aleksandrovna hamda Trifonov Andrey Anatolevichlar fakultetning magistrantlari va biologiya ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabalari uchun “Oʻzbekiston Respublikasi suv havzalarida mikroplast: muammo va yechimlar” mavzusida amaliy mashgʻulot darslarini oʻtdilar va talaba-yoshlar bilan oʻzaro fikr almashdilar. Tashkil etilgan master- klass darslari talabalarimizda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif davomida Tomsk davlat universiteti vakillari universitet rektori Akramjon Yuldashev qabulida ham boʻlib, oʻzaro hamkorlik istiqbollari, qoʻshma taʼlim dasturining afzalliklari, suv havzalarida mikroplastmassa loyihalarini amalga oshirishni kengaytirish borasida qator kelishuvlarni amalga oshirdilar.
Uchrashuv so'nggida mehmonlarga rektor tomonidan Andijon davlat universitetining esdalik sovg'alari topshirildi. Bu kabi muzokaralar kelgusi amaliy natijalarga erishish uchun dasturulamal boʻlib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI