Joriy yilning 18-20-oktyabr kunlari sirtqi taʼlim yoʻnalishi talabalariga universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda korrupsiya bo’limining bosh mutaxassisi I.Mamajonov, sirtqi boʻlimi dekan oʻrinbosari H.Yo'ldashev, sirtqi taʼlimning tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi hamda filologiya yoʻnalishining 1-3-4-kurs talabalari ishtirok etdi.
Davra suhbatida boʻlim bosh mutaxassisi I.Mamajonov soʻz olib, hozirgi kunda yurtimizda barcha sohada islohotlar jadal surʼatlar bilan amalga oshirilayotganini taʼkidlab, oliy taʼlim sohasini “Korrupsiyasiz sohaga” aylantirish borasida ham ijobiy oʻzgarishlar boʻlayotganini taʼkidladi.
Shu bilan birga bugungi kunda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimining universitetdagi har qanday korrupsion holat toʻgʻrisida xabar berish mumkin boʻlgan ishonch telefoni +998(74)224-81-91 va telegramdagi @adu_anticorruptionbot botiga murojaat qilishlari mumkin ekanligini bildirdi.
Universitetimizning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusidagi davra suhbatlari davom etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI