Andijon Davlat
Universiteti
“YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH DOLZARB VAZIFA” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2022-10-18    835

Bugun, 18-oktabr kuni Andijon davlat unversitetining 4-ma'ruzalar zalida Tarix fakulteti talabalari bilan Andijon viloyati IIB JXX JTSB 4-otryad komandiri Sirojiddin Muhammadov “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish dolzarb vazifa” mavzusida suhbatlashdi.

 

Mazkur tadbirda Sirojiddin Muhammadov talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligini ta’kidladi.

 

Shuningdek, qasddan odam o‘ldirish yoki tan jarohati yetkazish, mol-mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlarni hamda ayollar, yoshlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarni keskin kamaytish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar e’tirof etildi.

 

Ta’lim muassasamizda bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olishga, yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borib, turli axborot xurujlaridan asrashga hamda yurtga muhabbat, uzoq tarixga ega azaliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.