Joriy yilning 15-oktabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan sirtqi taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida boʻlim boshligʻi A.Akbarov, universitetning jamoatchilik kengashi raisi A.Isayev, sirtqi boʻlimi dekan oʻrinbosari va sirtqi taʼlim geografiya yoʻnalishi talabalari ishtirok etdi.
Yig'ilishda boʻlim boshligʻi A.Akbarov soʻz olib, bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda islohotlar jadal surʼatlar bilan rivojlanayotganini taʼkidlab, oliy taʼlim sohasida ham oʻtgan yillarga qaraganda juda katta ijobiy oʻzgarishlar boʻlganini aytib oʻtdi. Shu bilan birga oliy taʼlim tizimini shaffofligini taʼminlash boʻyicha ham bir qancha samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, barcha oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimlari tashkil etilganligini va korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimining telegramdagi @adu_anticorruptionbot botiga universitetdagi har qanday korrupsion holat toʻgʻrisida xabar berish mumkinligi bildirib o'tildi.
Davra suhbati yakunida talabalar tomonidan bildirilgan savollarga mutasaddilar tomonidan javob berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI