Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA ADIBLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
2022-10-15    433

Bugun, 15-oktabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida sevimli adibimiz, shoir, tarjimon va mahoratli nosir, o'nlab tarixiy romanlar muallifi Nurali Qobil bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Tadbirda, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi"  Hamidullo  Qodiriy va "Do'stlik" medali sohibi Farid Usmon hamda viloyatimizdagi  taniqli ijodkorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni filologiya fakulteti dekani, professor Bahodir Rahmanov Mamadjonovich ochib berdi va adiblar haqida samimiy fikrlar bildirdi. Nurali Qobul bizga "Saltanat tulpori", "Sulton qarshisidagi shayton", "Arosat va farosat" , "Shayton va shamshir", "Johillik va qotillik" kabi tarixiy romanlari va "Tavqi la'nat tamg'asi",  "Bo'ri ovi" singari zamonaviy mavzudagi romanlari bilan yaxshi tanish.

Adiblarning o'zaro fikr almashishi yig'ilganlarda ham yorqin taassurot qoldirdi. Talabalar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.