Ma’lumki, joriy yildan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida davlat xususiy-sherikchilik asosida talabalar turar joylarini qurish bo‘yicha yangi tizim joriy etilgan.
Andijon davlat universitetida ham davlat xususiy-sherikchiligi asosida 400 o'rinli hamda universitet o'z mablag'lari hisobidan esa 600 o'rinli talabalar turar joyi barpo etilmoqda.
Bugun ana shu qurilish jarayonlari bilan tanishish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi. Vazir o'rinbosari ta'lim muassasasida davlat sherikchiligi asosida qad rostlayotgan talabalar turar joyining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, universitetda zamonaviy va jahon standartiga mos ravishda barpo etilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilish ishlari ko'zdan kechirildi. Jarayonlarni kuzatar ekan, S.Buzrukxonov qurilish obyektini o‘z muddatida, sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Bundan tashqari, yangi barpo etilayotgan 600 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari ham ko'zdan kechirildi. Mas'ullarga qurilish ishlarini puxta va sifatli olib borish, xonalarning qulay joylashishi, yorugʻ hamda shinamligiga eʼtibor qaratish kerakligi tushuntirib o'tildi.
Bu kabi loyihalar kelgusida talabalar turar joyiga bo'lgan talabning qondirilishi va ta'lim oluvchilarning qulay sharoitlarga ega TTJlarda yashashlari uchun zamin yaratadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI