Andijon Davlat
Universiteti
"QIZLARJON" KLUBI FAOLIYATI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
2022-10-14    1084

Joriy yilning 13-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat Kengashi qoshidagi “Qizlarjon” klubi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan navbatdagi hay'at yigʻilishi bo'lib o'tdi.

Yigʻilishda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Aʼzamjon Hamraqulov, Xotin-qizlar kengashi raisi Umidaxon Ahmedova hamda fakultetlardagi ijtimoiy faol talaba-qizlar ishtirok etdi.

Ushbu yigʻilishda faol talaba-qizlar orasidan klub sardori hamda mavjud 6 ta ustuvor yoʻnalish boʻyicha koordinatorlar ham saylandi. Klub sardori etib sanʼatshunoslik fakulteti musiqa taʼlimi yoʻnalishi, 3-kurs talabasi, “Zulfiya” va “Nihol” nomidagi davlat mukofotlari sovrindori Muhlisa Mashrapova saylandi.

Klub sardori va yoʻnalishlar koordinatorlariga maxsus guvohnomalar taqdim etildi hamda klub ishini samarali tashkil qilish maqsadida reja asosida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish vazifalari kelishib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.