Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA “YANGI AVLOD KADRLARI” LOYIHASI DOIRASIDA OCHIQ MULOQOT BO'LIB O'TDI
2022-10-13    411

Bugun, 13-oktabr kuni OʻzLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Andijon davlat universitetida  ochiq muloqot o'tkazildi.

 

Tadbirda, Andijon viloyat bandlik bosh boshqarmasi mutaxassislari, universitet professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirokidagi uchrashuvda OʻzLiDeP viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy ishlar boʻlimi mudiri Shuxratbek Turgʻunov soʻzga chiqib, partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, ayniqsa, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati, partiya tavsiyasi bilan davlat boshqaruvi idoralarida ishlayotgan tashabbuskor yoshlar, taniqli ishbilarmon va rahbarlar, tadbirkorlar, deputatlar faoliyati haqida va prezidentimiz tashabbusi bilan “Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan, yetti ustuvor yoʻnalishdan iborat Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasida yoshlarning intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash masalasiga katta eʼtibor qaratilganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.


Shundan soʻng, Andijon viloyat bandlik bosh boshqarmasi mutaxassisi A.Yusupov talabalarga “Yangi Oʻzbekiston”da aholi bandligi va ularni ijtimoiy muhofazasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.


Tadbir yakunida, tez zamon bilan hamnafas yashab, taraqqiyot sari dadil odimlash uchun muttasil oʻqib-oʻrganish, yangiliklar sari intilish, bilimlarni yanada mustahkamlash talab etilishini alohida taʼkidladi.


Ushbu Ochiq muloqot jarayonida talabalar mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuch hisoblangan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyati haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.