Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA XORIJLIK MUTAXASSISLAR TASHRIF BUYURDI
2022-10-13    391

Bugun, 13-oktabr kuni Andijon davlat universitetiga "Smart English" oʻquv markazi vakillari bilan birgalikda chet ellik mutaxassislar tashrif buyurdilar.



Universitetimiz talabalari uchun chet tillarini rivojlantirish mavzusida seminar trening o'tkazishni rejalashtirilgan mehmonlarni universitet oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Rustamjon Mullajonov kutib oldi.

 

Dastlab, Rustamjon Mullajonov xorijlik mutaxassislar bilan uchrashdi va universitet faoliyati, ta'lim muassasamizda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berdi. Prorektor hamkorlik istiqbollaridan mamnun ekanligini ham bildirib o'tdi.

 

Shundan so'ng, "Smart English" oʻquv markazi bilan hamkorlikda universitet katta majlislar zalida talabalar uchun mutaxassislar Benjamin Mould, Robert Husbandlar tomonidan chet tilini o'qitish boʻyicha master klass darslari o’tildi. Talabalar seminar davomida soha mutaxassislari bilan o’zaro fikr almashdilar.



Mana shu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlarning chet tillarini o'rganish borasidagi ko'nikmalarni hosil qilishi uchun dasturulamal boʻlib xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.