Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETIDA UBAYDULLOH MUHAMMAD KARIM BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
2022-10-13    552

Joriy yilning 13-okyatbr kuni Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 3-bosqich talabalari bilan “Sharq allomalarining ilmiy merosi” fanining oʻrganish negizida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar haqida suhbat oʻtkazildi.

Tadbirni Tarix fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi Ravshanbek Shamsutdinov kirish so'zi bilan ochib berdi. Suhbatga yurtimizning mashhur allomasi, fazilatli shayx Muhamadsodiq Muhammad Yusuf rohimahulloxning jiyanlari Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tugʻilib oʻsgan hamyurtimiz Ubaydulloh Muhammad Karim oʻgʻli Jalilov tashrif buyurdi.

Ubaydulloh Muhammad Karim tomonidan “Islom va tarix: Diyorimizdan yetishib chiqqan muhaddislar” mavzusida suhbat oʻtkazildi. Suhbat jarayonida talabalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Ibn Sino, Imom Ibn Hibbon kabi allomalarning ilm talabida koʻplab mamlakatlarga safar qilgani, Oʻrta Osiyodagi ilm markazlari boʻlmish Buxoro, Samarqand, Sugʻd, Toshkent, Nishopur va shu kabi oʻnlab shaharlarda, shuningdek, Iroq, Hijoz, Shomga, Basra, Misrning Iskandariya kabi shaharlarida boʻlib, mingdan ortiq shayhlardan ilm oʻrganganligi haqidagi maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Suhbat davomida ustozimiz zamonamiz tarixchisi qanday fazilatlarga ega boʻlishligi, ilm mashaqqatlari haqida ham soʻzlab berdi. Soʻnggi yillarda yurtimizda buyuk ajdodlarimizning ulkan oltin merosini oʻrganish va xalqimizga, xususan, ilm toliblariga yetkazish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Bugungi suhbat jarayonida ham talabalar ajdodlar merosidan bahramand boʻldilar, maʼnaviy va madaniy ozuqa oldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.