Andijon Davlat
Universiteti
YOZUVCHILAR UYUSHMASI AʼZOSI, “DOʻSTLIK” ORDENI SOHIBI, USTOZ ADIB FARID USMON BILAN IJODIY UCHRASHUV O'TKAZILDI
2022-10-13    528

Bugun, 13-oktabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Doʻstlik” ordeni sohibi, ustoz adib Farid Usmon bilan ijodiy uchrashuv va “Xonlar tarixi”, “Iblisning qaytishi”, “Tunda chopgan oq tulpor”,“ Bobur saltanat”nomli yangi kitoblarining taqdimoti oʻtkazildi.

 

Ushbu taqdimotda universitetimiz Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor, Adabiyotshunos olimlar, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi vakillari, filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

 

Anjumanda Andijon davlat universiteti birinchi prorektori A.Hamraqulov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Rahmonov, shoir-yozuvchilar Durbek Qoʻldosh, Sadoqat Neʼmatova, Nusrat Abdusalom va boshqalar soʻz olib Farid Usmon hayoti va ijodi yuzasidan fikrlarini bildirdi.

 

Adabiyotshunos olimlar bilan bo‘ladigan bu kabi uchrashuvlar yoshlarda adabiyotga, sheʼriyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.