Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA ANDIJON VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSHQARMASINING TARGʻIBOT TADBIRI BOʻLIB OʻTDI
2022-10-13    407

Joriy yilning 12-oktabr kuni Andijon davlat universitetining 4-maʼruzalar zalida FVV Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan oʻquv seminar tadbiri tashkil etildi.



Tadbirda Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari kapitan Azizbek Yarqulov, katta leytenantlar Aʼzamjon Mamatov, Mansurbek Tilavoldiyevlar va Andijon davlat universitetining mehnatni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi Shuhratbek Qoʻzibekov hamda 110 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.



Tadbirda mutaxassislar tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uni betalofat oʻtkazish, is gazidan zaharlanish holatlari va chaqnash hodisalarining oldini olish, nosoz, qoʻlbola ochiq spiralli isitish moslamalaridan va yashash xonadonlarda noqonuniy va nosoz tabiiy gaz soʻrgʻich moslamalaridan umuman foydalanmaslik, aks xolda ular qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi boʻyicha kerakli tavsiyalar, maslahatlar berib oʻtildi.



Universitetimiz talabalari tadbir soʻnggida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan yetarlicha javob oldilar. Ushbu tadbir yigʻilganlarga kerakli va muhim bilimlarni berganligi bilan ham ahamiyatli hamda qiziqarli boʻldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.