Kuni kecha Andijon davlat universitetining 3-talabalar turar joyida universitet profilaktika katta inspektori U.Nazarov hamda Yoshlar Ittifoqi boshlanğich tashkiloti yetakchisi O.Olimjonov boshchiligidagi "Jinoyatchilikni oldini olish, universitetimizdagi hozirgi kunda bo'layotgan yangiliklar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Bunda Omadbek Olimjonov Yoshlarga qaratilgan e'tibor, yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirish bilan undan qanday foydalanish, o'z qobilyatlarini qay tarzda namoyon qilish kerakligi haqida so'z yuritdi.
Uchrashuv davomida universitet profilaktika katta inspektori Ulug'bek Nazarov tomonidan talabalar ongiga jinoyatga qoʻl urmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, Vatanga sadoqatli boʻlish, atrofdagi insonlarga yuksak hurmatda boʻlishi kabi masalalar aytib o'tildi. Yana bir ogʻriqli mavzu – firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlar hozirgi kunda yoshlar oʻrtasida avj olayotgani taʼkidlab oʻtildi.
Talabalarning bo'sh vaqti o'zlarining shaxs sifatida rivojlantirishga sarflanadigan bo'lsa, jinoyatchilikka hech bir yo'l qolmaydi va bu jamiyatning yangi renessansida o'z so'zlarini ayta olishga imkon beradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI