Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TYUTORLARI HAMDA TALABALARI TOMONIDAN KEKSALAR UYIGA TASHRIF UYUSHTIRILDI
2022-10-11    352

Azal-azaldan xalqimiz yoshi ulug‘ nuroniylarni eʼzozlab ularga katta ehtirom ila hurmat ko‘rsatib kelingan. Ayniqsa, tabarruk insonlarning holidan xabar olish ularning og‘irini yengil  qilish va nasihatlari-yu duolarini olish xalqimizga xos fazilatdir.

 

Bugun, 11-oktyabr kuni "Keksalar haftaligi" doirasida Andijon davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti tyutorlari, Yoshlar ittifoqi jamoasi va ilg'or talaba yigit-qizlari keksalar uyiga tashrif buyurdilar.

Iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda kuy-qo'shiqlar nuroniylarni shod etdi.

O'z o'rnida otaxon-u onaxonlar ham yoshlarga boshidan o'tganlari va hayotiy tavsiyalarini berib o'tdilar. Bu kabi tashriflar zamon yoshlari uchun ibrat bo'lishi hamda kelgusida hech kimning bu kabi sahovat uylariga ehtiyoji bo'lmasligiga umid bildirdilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.