Bugun, 11-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlog'i Abdukarim Akbarov universitetning sirtqi taʼlim yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar bilan “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbati o'tkazdi.
Ushbu davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari sirtqi boʻlimi dekani, dekan oʻrinbosarlari va sirtqi taʼlim yoʻnalishining talaba-yoshlari ishtirok etdi.
A.Akbarov soʻz olib, korrupsiya balosi taraqqiyotimizning kushandasi ekanligi, qolaversa, pora berganga ham olganga ham jazo muqarrarligini bildirib oʻtdi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda har birimiz, keng jamoatchilik hamjihatlikda kurashsakkina, oʻzining ijobiy natijasini berishini taʼkidladi.
Shuningdek, universitetning rasmiy telegram kanali orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimining @adu_anticorruptionbot eʼlon qilingan. Bu bot orqali barcha professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar, talabalar hamda ularning ota-onalari korrupsion holatlar yuzasidan murojaat qilishlari va oʻzlari aniqlagan holatlar boʻyicha maʼlumot berishi mumkin aytib o'tildi.
Tadbir soʻnggida boʻlim boshligʻi qatnashchilarni korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlida barchani birdek birlashishga chaqirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI