Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING 3 NAFAR PROFESSOR-O'QITUVCHILARI TURKIYANING EGEY UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRMOQDA
2022-10-11    446

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoniga koʻra, oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida koʻrsatib oʻtilgan vazifalardan kelib chiqqan holda hamda universitetining QS reytingini koʻtarish maqsadida Joriy yilning 5- oktabr kuni Andijon davlat universiteti ekologiya va botanika kafedrasining 3 nafar professor-o'qituvchilari Nasiba Noraliyeva, Malika Kushbakova va Zarina Teshabayevalar Turkiyaning Izmir shahridagi Egey universitetiga malaka oshirish uchun jo'nab ketdilar.

Dastlab, universitetimiz vakillari Turkiyaning Egey universitetida Fan fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor Denchar Ayazning rasmiy qabulida boʻldilar. Nasiba Noraliyeva professor bilan uchrashuvda Andijon davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatilishi tarixiy voqea boʻlgani, bundan buyon bu aloqalarni har tomonlama mustahkamlash uchun tayyor ekanligini bildirdilar.

Xizmat safari davomida 2+2 qo'shma ta'lim dasturi asosida Ekologiya va atrof muhit muhofazasi taʼlim yoʻnalishining ochilishi, shuningdek, oʻquv reja va oʻquv dasturlar boʻyicha kelishuvlar, hamkorlikdagi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash boʻyicha ham amaliy ishlar qilinishi rejalashtirilgan.

Bunday sa'y-harakatlarimiz dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli va amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.