Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA FAKULTET DEKANI VA OTA-ONALAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
2022-10-08    441

Bugun, 8-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida fizika-matematika fakulteti dekani Xotamjon Mansurov birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Unda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Turg'unov, universitet profilaktika katta inspektori U.Nazarov, tyutorlar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.

Dastlab fakultet dekani so'z olib, talabalarning darsga qatnashishi, davomati, kiyinish madaniyati, universitetda o'zini tuta olishi, fanlarni o'zlashtirishi va bu boradagi ota-onalar oldida turgan vazifalar xususida gapirib, kerakli maslahatlarini berdi.

So'ngra universitet profilaktika inspektori U.Nazarov ota-onalarga universitetning ichki tartib qoidalari,  talabalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ish bilan taʼminlash hamda zarur sharoitlarni yaratib berish, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida so'z yuritdi.

Uchrashuv so'nggida dekan o'rinbosari talabalarning tarbiyasiga, yurish-turishiga, ko’rinishi va kiyinishiga aslo befarq bo’lmaslikni va barcha birdek mas'ulligini ta’kidlab o'tdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.