Andijon Davlat
Universiteti
KEKSALARNI E'ZOZLASH - INSONIY FAZILAT
2022-10-07    551

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi 816-sonli qaroriga asosan, oktyabr oyining birinchi haftasi "Keksalar haftaligi" etib belgilangan edi.

Shu munosabat bilan 7-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo'nalishi tyutori Muhayyo Tojiboyeva boshchiligida hamda "Ecostudy" volontyorlik jamoasi bilan birgalikda "Saxovat" keksalar uyiga tashrif uyushtirildi.

Ushbu tashrif mobaynida talabalar tomonidan tadbir uyushtirilib, ajoyib she'rlar, koʻngilochar raqslar hamda sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

"Saxovat" keksalari bu tashrifdan mamnun bo'lganligi, ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlikdan minnatdor ekanligini izhor etib, talaba-yoshlarga o'z tavsiya va maslahatlarini berib o'tdilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.