Andijon Davlat
Universiteti
"UNIVERSIADA-2022" MUSOBAQASINING BASKETBOL SPORT TURI BO'YICHA VILOYAT BOSQICHI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI
2022-10-07    402

Xabaringiz bor, respublikamizda "Universiada-2022" sport musobaqalarining hududiy bosqichlari o'tkazilmoqda.

Andijon viloyatida sportning basketbol turi bo'yicha hududiy bosqich yakunlandi. Ushbu bosqichda viloyatimizdagi davlat oliy ta'lim muassasalaridan jami 8 ta jamoa ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada Andijon davlat universitetining talaba-yoshlari jamoasi barcha raqiblarni munosib yengib, faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Bugun, 7-oktabr kuni g'olib bo'lgan yoshlar jamoasini Andijon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A'zamjon Hamraqulov rahbariyat nomidan qutlab, har bir talabani ikki million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirladi.

Jamoaning kelgusi musobaqalaridagi faoliyatlariga zafarlar tilab qolamiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.