Bugun, 7-oktabr kuni Andijon davlat universitetida Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktika xizmati Yoshlar bilan ishlash bo'limi rahbari Sherzodbek Pardayev rahbarligida "Xavfsiz talaba.IIV" elektron tizimini joriy qilish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu uchrashuvda viloyat OTMning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori, bo'lim boshliqlari, universitet profilaktika inspektorlari va tyutorlar ishtirok etdi.
Yoshlar bilan ishlash bo'limi rahbari Sherzodbek Pardayev tomonidan platforma bo'yicha tushuntirish berib o'tildi. Yig'ilganlar ushbu platformaning ishlash mexanizmlari va qanday vazifa bajarishi borasida to'liq ma'lumotga ega bo'lishdi.
Uchrashuv yakunida yig'ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI