Andijon Davlat
Universiteti
JORIY YILNING 6-OKTABR KUNI IJTIMOIY TARMOQNING TELEGRAM KANALI ORQALI BERILGAN MUROJAATGA MUNOSABAT
2022-10-06    399

Universitetning o'zini ichki-tartib, intizom va odob-axloq qoidalari mavjud. Ularga amal qilishlarini targʻib qilish har birimizning vazifamiz.

Ammo, zoʻravonlik va aksiyalar bilan, majburlash orqali bunga erishishga harakat qilish universitet siyosatiga zid.

Mazkur murojaat matnidan ham koʻrinib turibdiki, bunday holatlarga yoʻl qoʻyilmagan.

Universitet xodimlari tomonidan ushbu mavzu bo'yicha nojo'ya xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda va bu haqida aniq ma'lumotlar bo'lsa, ma'muriyat zudlik bilan bu masalani muhokama qilishga va tegishli tartibda chora ko’rishga tayyor ekanligini bildiradi.

Andijon davlat universiteti o‘z faoliyatiga oid masalalarda mavjud muammolarni ko‘rsatib, unga ijobiy yechim topilishida xissasini qo‘shayotgan OAV va blogerlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.