Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA “YOSHLAR O’RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH” MAVZUSIDA UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
2022-10-06    404

Bugun, 6-oktabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari B.T.Abdullayev Andijon viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalari tyutorlari hamda talaba-yoshlari bilan “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor, dekan o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, viloyatimizdagi 6 ta davlat oliy ta’lim muassasalaridan 150 nafardan ziyod tyutorlar va 140 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatini Andijon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor A’zamjon Hamraqulov kirish so’zi bilan ochib berdi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlik memorandumi jinoyatchilikni oldini olishda o’z samarasini berayotganini ta'kidlab, o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan so’ng, Ichki ishlar vazirining o’rinbosari B.Abdullayev o’z ma’ruzasida talaba-yoshlarga zamonaviy taʼlim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, maʼnaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda gʻoyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor berish lozimligini aytib o’tdi.

Uchrashuv so’nggida jinoyatchilikni oldini olish mavzusida olib borilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib, talabalar orasida o'rnak bo'lib kelayotgan bir guruh iqtidorli talabalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari Bekmurod Abdullayev tomonidan qimmatbaho sovg’alar va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Mana shunday davra suhbatlari talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.