Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "UNIVERSIADA-2022" SPORT MUSOBAQALARI OLDIDAN YIG'ILISH O'TKAZILDI
2022-10-03    824

Joriy yilning 3-oktabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida ijtimoiy kotibyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev boshchiligida "Universiada-2022" musobaqalari oldidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatdagi 6 ta davlat oliy ta'lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, sport ustalari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Yig'ilishda Elyorbek Xolmirzayev so'zga chiqib, sportchilarning o'z ustida ishlashi, musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rishi borasida so'z yuritdi. Qolaversa, sportchilar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berish lozimligi ham ta'kidlab o'tildi.

Yig'ilish so‘nggida ishtirokchilarning fikr mulohazalari tinglandi va musobaqa oldidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.