Andijon Davlat
Universiteti
"TABIATNI ASRA, ASRA DUNYONI" SHIORI OSTIDA "ECO STUDY" JAMOASINING BAYRAM TADBIRI BO'LIB O'TDI
2022-09-30    616

Joriy yilning 30-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida "Eco study" jamoasi tomonidan ekologiyaga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev ochib berdi. Ekologiya muammosi bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi, uni asrab-avaylash, qolaversa, bu borada faol tashabbuslarni ishga solish kerakligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Bundan tashqari, "Eco study" jamoasiga o'z minnatdorchiligini bildib, keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir so'nggida tashkilotchilar "Ekologiya va botanika" kafedra mudirasi, biologiya fanlari doktori Noraliyeva Nasibaxon hamda tyutor Muhayyoxon Tojiboyevalarga universitet rektori tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

 

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.