Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA BUYUK BRITANIYALIK PROFESSOR KISHAN DEVALLI MEHMON BO'LDI
2022-09-30    326

Joriy yilning 28-sentyabr kuni Andijon davlat universitetiga Britaniya imperiyasi medali sohibi, liberal-demokratlar kengashi aʼzosi, yashil liberal-demokratlar partiyasi vitse-prezidenti, liberal-demokratlar biznes tarmogʻi boshqaruvi aʼzosi, professor Kishan Devalli tashrif buyurdi.

Universitet rektori bilan uchrashuv davomida Professor Kishan Devalli xalqaro hamkorlikning rivoji uchun o’zining takliflarini bildirdi. Rektorimiz fan va ta’lim sohasida O’zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanligini ta'kidladi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmon universitetda “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag'ishlangan "Mehnati elda aziz ustozim" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ham qatnashib, universitetning professor-o'qituvchilarini bayram bilan samimiy tabrikladi. Tadbir davomida janob Kishan Devalliga universitet Kengashi tomonidan Faxriy Professorlik unvoni rektori Akramjon Yuldashev tantanali topshirdi.

Mehmonimiz kelgusida xorijiy professor-o’qituvchilar va xorijiy talabalarni Andijon davlat universitetiga faol jalb etishda amaliy yordam ko’rsatishini ma’lum qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.