Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA "USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN BARCHA FAKULTETLARDA KUTIB OLISH MAROSIMI TASHKIL ETILDI
2022-09-30    501

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Bular - ustozlar, hayotimiz charog'bonlari.

Bugun, 30-sentabr kuni Andijon davlat universitetidagi barcha fakultetlarda dekan va dekan o'rinbosarlari boshchiligida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda universitetimizdagi jonkuyar, fidoyi professor-o'qituvchilarning ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish yo'lidagi xizmatlari e'tirof etildi. Andijon davlat universitetining faol, iqtidorli talabalari har bir o'qituvchini ko'tarinki ruhda bayram bilan tabriklab, guldasta taqdim etdilar.

Ustozlik maqomi - oliy saodat. Kamolot yo'lida bizga saboq, hayotda o'z o'rnimizni topishimizga ko'mak bergan muhtaram ustozu muallimlarimiz oldida bir umr qarzdormiz. Mana shunday sharafli va mas'uliyatli kasbda sobitqadam bo'lgan aziz ustoz-muallimlarimizga tuganmas kuch-quvvat, mehr-muhabbat bersin, ilmu-bilimlarini bundanda ziyoda qilsin!

Barcha ustozlarimizni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbdan qutlaymiz!

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.