Bugun, 29-sentyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev tarix hamda jismoniy madaniyat fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv avvalida rektor talabalarni universitetga qabul qilinganligi bilan samimiy qutladi. So'ngra ushbu uchrashuvni ochiq muloqot va o'zaro fikr almashish asosida o'tkazishni taklif etdi.
So'zining davomida universitetda talaba-yoshlarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, ta'lim sifatini oshirish, bu boradagi chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini alohida ta'kidlab o'tdi.
Ta'lim tizimidagi eng katta illatlardan biri - korrupsiya ekanligi, bu jamiyat kushandasidan uzoqroq bo'lish lozimligi, yoshlar orasida kitobxonlikni targ'ib qilish borasida fikrlar almashildi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI