Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI HUZURIDA NAVBATDAGI KENGAYTIRILGAN YIGʻILISH BOʻLIB OʻTDI
2022-09-29    323

Bugun, 29-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida rektor huzurida universitet birinchi prorektori A'zamjon Hamraqulov boshchiligida navbatdagi kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Ushbu yig'ilishda prorektor A.Hamraqulov korrupsiya masalasiga alohida to'xtalib, universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar, bo'lim boshliqlari va ishchi-xodimlar korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, uni oldini olishga barcha birdek mas'ulligi ta'kidlandi. Qolaversa, fakultet dekanlari talabalarga ham korrupsion holatlarning oldini olish zarurati tushuntirilib o'tilishi bo'yicha topshiriqlar berildi.

Yig'ilish davomida o'quv ishlar bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov so'z olib, ta'lim muassasamizdagi o'quv jarayonlarini samarali tashkil qilish, odob-axloq qoidalarini talabalarga doimiy tarzda tushuntirib borish, kiyinish madaniyatiga amal qilishni nazorat qilish masalalariga qat'iy to'xtalib o'tdi.

Uchrashuv davomida universitet profilaktika noziri Ulug'bek Nazarov ham ishtirok etib, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha o'z maslahat va tavsiyalarini berib o'tdi.

Yig'ilish yakunida kelgusi haftada qilinishi lozim bo'lgan va oktabr oyida qilinadigan ishlar rejasi belgilab olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.