Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "1-OKTABR - USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN "MEHNATI ELDA AZIZ USTOZIM" NOMLI MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR BO'LIB O'TDI
2022-09-28    622

Bugun, 28-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan "Mehnati elda aziz ustozim" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi ostida boshlandi. Shundan so'ng, universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev so'z olib, ustoz va murabbiylarni ushbu kun munosabati bilan samimiy qutlab, universitetda beminnat xizmat qilib, universitet reytingiga hissa qo'shgan va uzoq yillar mehnat qilgan ustoz va murabbiylarni qimmatbaho sovg'alar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirladi.

Bundan tashqari, Andijon davlat universitetining "Humo" talabalar teatr studiyasi va O'zbekiston davlat dramma teatr jamoasining sahna ko'rinishlari barcha tadbir qatnashchilariga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida mehmon sifatida tashrif buyurgan Buyuk Britaniya qirollik kengashi a'zosi, professor Kishan Devali ham universitet rektori tomonidan tantanali taqdirlandi.

 Kechaning badiiy qismida oliygohimiz talabalari tomonidan bir-biridan ajoyib kuy-qo'shiqlar va turli sahna ko'rinishlari ajoyib tarzda ijro etildi.

Tadbir so'nggida barcha ustoz va murabbiylar hamda universitetimizga tashrif buyurgan mehmonlar uchun universitet rahbariyati tominidan bayram dasturxoni yozilib,  o'zbek xalqining milliy taomi-osh tarqatildi. “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbir barchaga birdek manzur bo'ldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.