Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA IXTIRO VA MUALLIFLIK HUQUQIGA BAG'ISHLANGAN SEMINAR BO'LIB O'TDI
2022-09-28    461

27-sentabr kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, Mualliflik huquqi ob’yektlarini deponentlash” mavzusida seminar o'tkazildi.

Seminarda Andijon davlat universitetining professor-o’qituvchilari, doktorantlar hamda stajyor tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Seminarda Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligining vakillari Raxmonov Sunnatulla va Abduqodirov Ikromjonlar ma'ruza bilan ishtirok etdilar.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi. Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.