Bugun, 27-sentyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev ijtimoiy-iqtisodiyot hamda tabiiy fanlar fakultetining birinchi bosqich va universitet huzuridagi texnikumlardan suhbat asosida qabul qilingan talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda asosan talaba-yoshlarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, ta'lim sifatini oshirish, xorijiy samaradorlik ko'rsatgan o'quv metodlarini universitetdagi o'quv jarayonlariga jalb etish borasida so'z yuritildi.
Bundan tashqari talabalarni TTJ bilan ta'minlash, to'liq qamrab olish, ularning muammolarini o'rganish, bartaraf etish, qolaversa, talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida TTJlarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tez-tez o'tkazish masalasiga alohida to'xtalib, fakultet dekanlariga topshriqlar berdi.
Uchrashuv davomida korrupsiyaning oldini olish, uning zararli ta'sirlaridan yoshlarni himoya qilish, universitetda bu kabi holatlatlarga yo'l qo'ymaslik lozimligi ham aytib o'tildi.
Rektor suhbat yakunida universitetimizning barcha iqtidorli talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlashini, ularning murojaatlarini doimo eshitishga tayyor ekanini aytib o'tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI