Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI
2022-09-26    700

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Ichiki ishlar boshqarmasi hamkorligida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarlikni oldini olish profilaktika boshqarma boshlig'i Mansurbek G'oziyev, eski Gumbaz jome masjidi imom xatibi Bahodirjon Ro'ziboyev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor A.Hamroqulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Abdukarim Akbarov, universitet profilaktika inspektori Ulugʻbek Nazarov hamda filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etdi.

 

Tadbirni universitetimiz birinchi prorektori A'zamjon Hamraqulov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan soʻng, tashrif buyurgan mehmonlar oʻz sohalaridan kelib chiqqan holda jinoyatchilikning oldini olish, uning mashʼum oqibatlaridan yoshlarni himoya qilish borasida fikr va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

 

Tadbir so'ngida jinoyatchilikni oldini olish mavzusida olib borilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib, talabalar orasida o'rnak bo'lib kelayotgan bir guruh iqtidorli talabalar Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbarining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

 

Bu kabi uchrashuvlar kelgusida talabalarimiz orasida jinoyatchilikning oldini olish, ularni sogʻlom ruhda tarbiyalash, jinoyatchilikning jamiyat uchun bir illat ekanligini anglatish uchun dasturulamal boʻlib xizmat qiladi.

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.