Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI REKTORINING QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARI BOʻYICHA HAMKOR OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARGA YOʻLLAGAN MUROJAATI
2022-09-01    1815

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat universiteti 3 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasi bilan bakalavr bosqichida 2+2 va magistratura bosqichda 1+1 shaklida 7 ta taʼlim yoʻnalishida qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirib kelmoqda.


Jumladan, 2019-2020 oʻquv yilida Rossiya Federatsiyasining Mordoviya davlat universiteti hamda Belarus Respublikasining Polosk davlat universiteti bilan, 2020-2021 oʻquv yilida esa Rossiya Federatsiyasining Tomsk davlat universitetlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etilgan va hozirgi kunda turli xil yoʻnalishlarda 163 nafar talaba, bundan 113 nafari xorijiy hamkor universitetlarda tahsil olmoqdalar. Ushbu yosh talabalarimiz yetuk bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida nafaqat Andijon davlat universitetida balki hamkor universitetlarda ham barcha shart-sharoitlar yaratilgan.


Aziz talabalar, Sizlar yaqinlaringiz, doʻstlaringiz va Vatanimizdan yiroqda mamlakatimiz uchun yuksak maʼnaviyatli, barkamol va tajribali kadrlar boʻlib qaytishni maqasad qilgan ekansiz, Sizlardan ushbu maqsadlaringizni unutmagan holda dunyoda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar bilan bogʻliq turli xil provokatsion namoyishlar, targʻibotli chiqishlar va turli xil gʻoyalarga yetaklovchi tashqi kuchlar chaqiruvlariga quloq solmasdan talabalik vazifa va majburyatlaringizdan chetga chiqmagan holda oʻqishingizni davom ettirishingizni soʻrayman. Zero, Sizlarning xavfsizligingiz biz uchun muhim. Sizlarga kelajakda omad va zafarlar tilab qolaman!

YULDASHEV AKRAMJON SULTANMURADOVICH
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI, BIOLOGIYA FANLARI DOKTORI, PROFESSOR
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.