Andijon davlat universiteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi tashabbusi bilan 22-sentyabr kuni Jalaquduq tumanida joylashgan 4-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar oʻrtasida sogʻlom maʼnaviy-maʼrifiy muhitni barqarorlashtirish va ularni kiyinish madaniyatiga rioya qilishlarini tartibga solish maqsadida “Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi” hamda ularning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus doirasida shashka musobaqasi oʻtkazildi.
Tadbirni yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Sh.Hamraqulov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shundan soʻng, talaba-qizlarning kundalik oʻqish va ish, toʻy-tantana yoki bazm kechalariga kiyishlari uchun tavsiya sifatidagi liboslar toʻplami namoyish etildi.
Bundan tashqari, TTJda yashovchi talaba-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan shashka musobaqasi barchada birdek koʻtarinki kayfiyat uygʻotdi.
Musobaqa gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Tadbir yakunida talaba-qizlar uchun musiqiy koʻngilochar dam olish dasturi ham tashkil etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI