Bugun, 23-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Bugungi rektor va talabalar uchrashuvi kechagi uchrashuvning uzviy davomi bo'lib, tabiiy fanlar fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda rektor ta'lim sifatini oshirish, talabalar bilim olishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish, universitetda sog'lom raqobat muhitini yaratish lozimligini ta'kidlab o'tdi.
Barcha uchun muhim bo'lgan ichki tartib qoidalar va odob-axloq mezonlariga og'ishmay amal qilish hamda intizomni saqlash kerakligi yana bir bor eslatib o'tildi.
Bundan tashqari, korrupsiya jamiyat kushandasi ekanligi, uning oldini olish va qarshi kurashish har kimning burchi va vazifasi ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi va Andijon davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi faoliyat yuritayotgani va ushbu bo'limga oid ma'lumotlar bo'lganda @adu_anticorruptionbotiga murojaat qilish mumkinligi aytildi.
Uchrashuv so'ngida rektor o'zining shaxsiy @anddu_rektori_boti murojaatlar uchun doimo tayyorligi alohida takidlandi. Rektor va talabalar uchrashuvi barchaga birdak manzur bo'ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI