Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA "EL-YURT UMIDI" TANLOVINING TARG'IBOT TADBIRI BO'LIB O'TDI
2022-09-23    372

Joriy yilning 23-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida "El-yurt umidi" ochiq stipendiyalar tanlovining yoshlar orasida keng targ'ib qilishga qaratilgan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Ushbu seminar tarzida tashkil etilgan tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Iqboljon Karimjonov, kafedra a'zolari, doktorantlar, magistr hamda talaba-yoshlardan iborat 100 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Yig'ilganlarga jamg'arma tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovning mohiyati, imtiyozlari, kerakli hujjatlar hamda qatnashish tartibi borasida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.

Taqdimot qizgʻin savol-javoblar va muhokamalarga boy tarzda oʻtkazilib, universitetimiz doktorantlari, magistrlar hamda talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni mutaxassislardan oldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.