Bugun, 22-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv asosan yangi 2022-2023-o'quv yilida qabul qilingan yoshlarni universitet hayoti bilan tanishtirish, ularning fikr va takliflarini o'rganib chiqish maqsadlariga qaratilgan
Mazkur uchrashuvda Filologiya hamda Fizika-matematika fakultetining birinchi bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuv erkin muloqot tarzida o'tkazildi. Rektor endigina talabalikka qadam qo'ygan yoshlarni talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'lganlari bilan qutlab, ularga oliygohimiz haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi. Shu bilan birgalikda talaba-yoshlarning ham takliflarini eshitdi. Aytib o'tilgan takliflardan kelib chiqib, rektor fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga tegishli topshiriqlar berdi.
Shundan so’ng, universitet rektori talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat’’ tizimini boshqarish bo’limi haqida ma'lumot berib, guruh sardorlarini hamda barcha yoshlarni korrupsion holatlarga aralashmasligi, agarda, ushbu holatga duch kelganda shaxsiy @anddu_rektori_botga yoki "Komplayens nazorat’’ bo'limiga murojaat qilishlari kerakligi aytilib, jamiyatning zavolga yuz tutishiga sabab bo’luvchi korrupsiyaga qarshi barcha birdek yondashish lozimligini ta’kidladi.
Albatta, ushbu uchrashuv talabalar uchun samarali yakunlandi. Ular o'zlari uchun tegishli bo'lgan ma'lumotlarga to'laqonli javob oldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI