Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET REKTORI TALABALAR BILAN BIRGA TUSHLIK QILDI
2022-09-17    446

Bugun, 17-sentyabr Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev talabalar bilan birgalikda tushlik qildi.

O'ziga xos va kutilmagan tarzda tashkil etilgan ushbu uchrashuv jarayonida universitetimiz rektori talabalar bilan bevosita muloqot almashdi. Ularning muammolarini o'rgandi hamda fikr va takliflarini tingladi.

Qolaversa, universitet rektori tushlik davomida talabalar oshxonasi va undagi taomlar haqida talabalarning fikrini o'rgandi. Ushbu tashkil etilgan tushlik talabalar uchun kutilmagan va o'zgacha kayfiyat bag'ishladi hamda ular rektorga o'zining chuqur minnatdorchiligini bildirdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.