Joriy yilning 17-sentabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida sirtqi bo'lim boshlang'ich ta'lim yo'nalishining guruh sardorlari uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas'ulmiz" mavzusida yig'ilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu yig'ilishda rektor maslahatchisi Azizbek Yo'ldashev, universitetning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Rustamjon Mullajonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Abdukarim Akbarovlar ishtirok etdi. Bundan tashqari ushbu yig'ilish-anjumanida sirtqi boʻlim boshligʻi hamda oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosarlari ham qatnashdi.
Uchrashuvda korrupsiya jamiyatning kushandasi ekanligi, uning zanjirini uzish, sog'lom raqobat muhitini yaratish masalalariga alohida to'xtalib o'tildi.
Zeroki, kasalni davolashdan ko'ra uning oldini olish afzal deganlaridek, mana shunday korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yig'ilish-anjumanlar, turli tadbir dasturlari o'tkazish, o'ylaymizki, korrupsiyaning oldini olishga dasturulmal bo'lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI