Bugun, 17-sentyabr tongida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev ijara xonadonlarini ko'zdan kechirdi. Jarayon davomida rektor talabalarning yashash sharoitlari, ularda mavjud kamchiliklar, yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Bundan tashqari, u yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan ham suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi, muammolarini o'rgandi, takliflari bilan tanishdi.
Rektor ijara xonadonlarini o'rganish jarayonlarida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar yuzasidan xonadon egalariga bartaraf etish bo'yicha kerakli topshiriqlar berdi.
Ushbu ijara xonadonlarida asosan Andijon viloyatining chekka hududlaridan kelib tahsil olayotgan talabalar istiqomat qilib kelmoqda. Ijara xonadonida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari universitet mutasaddilari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinib, zarur paytlarda qo'llab-quvvatlab kelinmoqda.
Talabalar turar joylarini o'rganish faoliyati hali davom etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI