Butunjahon tozalik kuni — bu insoniyat oʻzi yashab turgan hududda tozalikni oʻrnatish gʻoyasini ifoda etadi. Gʻoya dastavval 2008-yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 koʻngillilar mamlakatni chiqindilardan holi etish uchun birlashdilar.
Bugungi kunga kelib mazkur 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatga aylandi.
Butun jahon tozalik kuni munosabati bilan respublikamiz bo'ylab ko'plab tadbirlar va aksiyalar bo'lib o'tmoqda.
Shu munosabat bilan bugun, Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va atrof-muhit himoyasi yo'nalishi 2-bosqich 202-guruhning ko'ngilli talaba-yoshlari aksiyada faol ishtirok etmoqda.
Ular hozirda “Yangi Andijon” massivi hamda Andijon shahridagi Cho'lpon bog'ida barcha ekoguruh a'zolari bilan birgalikda jonbozlik ko'rsatib, o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI