Joriy yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon davlat universitetining Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida ilmiy-amaliy davra suhbati tashkil etildi.
Oliygohimiz hamda Andijon Yoshlar Texnoparki o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida "Technoways Yoshlar biznes inkubatori" loyihasi fakultet talaba-yoshlariga taqdim etildi.
Mazkur uchrashuvda Yoshlar texnoparki direktori A.Yaqubov, mutaxassislar: Sh.G‘ulomov, B.Xabibulayev, axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor M.Mahkamov, fakultet dekani A.Medatov, professor-o‘qituvchilar hamda IT sohasiga qiziquvchi talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda talaba-yoshlarning yangi g‘oya va loyihalarga qo‘l urib, amaliy natijaga erishishi uchun barcha shart¬sharoit va imkoniyatlar mavjud ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Biznes inkubator loyihasi uch oyga mo'ljallangan bo'lib, o'z qatnashchilariga Startap loyihalarini jorish qilish, ishlab chiqarish hamda tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish bo'yicha ham nazariy, ham amaliy ko'nikmalar berish maqsadida joriy qilingan. Ushbu loyiha to'liq Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi, qatnashuvchilar bepul o'z biznes loyihalarini rivojlantirish yo'nalishilari bo'yicha tahsil olish imkoniyatiga ega.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mana shunday davra suhbatlari talabalarda yangicha fikrlash, o‘z loyihalarini tayyorlash ishlarini yanada jonlantirishga dasturul amal bo'lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI