Bugun, 14-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida navbatdagi kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu yigʻilishda universitetimiz prorektorlari, dekanlar, bo'lim boshliqlari, dekan o'rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdilar. Yigʻilishda talabalarni turar joy bilan taʼminlash asosiy masala sifatida koʻrildi.
Rektor talabalarni turar joy bilan taʼminlash, u yerdagi mavjud muammolarni oʻrganish va bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga kerakli koʻrsatma va topshiriqlar berdi. Bundan tashqari, talabalar turar joyiga joylashishda ham ortiqcha ovoragarchilik va muammolar yuzaga kelmasligi va buning oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Qolaversa, ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar holidan ham doimiy ravishda xabardor boʻlish hamda muammolari bilan tanishib, yechimini topishga koʻmak berilishi borasida barcha tyutorlarga topshiriqlar yuklatildi.
Yig'ilishda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar borasida ham alohida to'xtalib, ma'naviyat bo'limi va dekan o'rinbosarlariga talabalar turar joylarida turli ko'ngilochar tadbirlar tashkil etish kerakligi ham ta'kidlab o'tildi.
Talabalar turar joyida sifatli ovqatlanishni tashkil etish, belgilangan narxdan oshib ketmagan holda nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan ta'minlash, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya talablariga javob berishi kerakligi masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.
Yig'ilish so'nggida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida TTJlarda muntazam ravishda to'garak mashg'ulotlarini tashkil etish bo'yicha ham tegishli ko'rsatmalar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI