Andijon Davlat
Universiteti
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTINING SAMARQAND SAMMITI: BAHAMJIXATLIK SARI ILDAM QADAM
2022-09-12    406

Joriy yilning 14-17-sentabr kunlari Samarqand shahrida O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligidagi sammitga tayyorgalik ko’rilmoqda.        

Bugungi kunda Xalqaro hamkorlikning mustaxkamligi turli sabablarga ko’ra izdan chiqib, davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch yo’qolib bormoqda. Bu esa o’z navbatida butun dunyoga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatishi tabiiy. Sababi globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan bugungi kunda hech bir mamlakat yolg’iz holda ushbu global xavf-xatarlarni chetlab o’tish yoki bartaraf etishga qodir emas.

          Bugungi kundagi dolzarb, global darajadagi muammolar,          mamlakatlar o’rtasidagi turli kelishmovchiliklarni yengib o’tish, o’zaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-sotiqni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni rag’batlantirishga Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar yordam beradi. Shanxay hamkorlik tashkiloti aynan mana shunday maqsad va vazifalarni ko’zlaydi. Bu tashkilot madaniy-sivilizatsion qarashlari turlicha, o’z tashqi siyosiy yo’nalishlari va milliy taraqqiyot modellariga ega mamlakatlarni birlashtira olgan o’ziga xos davlatlararo tuzilmadir.

          Ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning fuqarolari dunyo aholisini qarib yarmini tashkil etib, u barcha ishtirokchi tomonlarning tengligi va suverenitetini hurmat qilish, ochiqlik, turli bloklardan holi maqomga ega ekani, boshqa mamlakatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmagani, ichki ishlarga aralashmaslik, siyosiy qarama-qarshilik va ixtilofli raqiblikka yo’l qo’ymaslik kabi xususiyatlar bilan xarakterlanadi.

          SHHT davlatlari o’zlarining oldidagi hamkorlik va o’zaro qo’llab – quvvatlash borasidagi asosiy vazifalardan og’ishmay faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Bundan tashqari tashkilotning xalqaro maydondagi o’rnini mustahkamlash, savdo-sotiq va iqtisodiy o’zaro bog’liqlikni kuchaytirish, xavfsizlik sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, rivojlanishning yangi yo’llarini izlash kabi ko’plab muhim masalalar qamrab oladi..

          Tashkilot yig’ilishiga raislik qilish o’z navbatida bizga imkoniyatlar berishi bilan bir vaqtda katta mas’uliyatni ham yuklaydi. Shu jumladan, ko’p tomonlama kooperatsiyani yanada mustahkamlash barobarida har bir davlat bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish hamda yanada keng qamrovli sheriklik uchun yangi yo’nalishlarni belgilab olish uchun yaxshi imkoniyatlar bersa, ikkinchi tomondan, tashkilot a’zo davlatlarining delegatsiya vakillari uchun xavfsizlik, qulay sharoitlar yaratish kabi mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.

          Xalqimizda “Qo’shning tinch-sen tinch” degan naql bor. Bu bugungi kundagi qo’shni davlatlarning (xususan Afg’oniston) tinchligi zero bizning tinchligimiz demakdir. Agarda biror qo’shni mamlakatdagi notinchlikka chetdan kuzatuvchi sifatida qarab turilsa, unga vaqtida amaliy ko’mak berilmasa, har ikki qo’shni mamlakatlarning mustaqilligi, tinchligi xavf ostida ekanligini tarix isbotlab bergan. Shunday ekan SHHT tashkiloti nafaqat xozir balki, kelgusida vujudga kelishi mumkun bo’lgan ziddiyatlar va turli global darajadagi muammolarni oldini olishda hamkorlik asosida faoliyatini olib boradi.

          Butun dunyo xalqlari boshidan kechirgan “Pandemiya” barcha davlatlarga nafaqat iqtisodiy, balki, siyosiy, madaniy, zarar yetkazdi va buning oqibatlarini xaligacha bartaraf etmagan davlatlar bor. Dunyoda shu kabi tabiiy ofatlar va turli ko’ngilsiz, salbiy jihatlarni inobatga olib barcha davlatlar hamjihatlikka intilishi zarur.

Albatta, yuksak ishonch bilan aytish mumkunki, Shanxay hamkorlik tashkilotining bo’lajak sammitida qabul qilinadigan qarorlar mintaqaviy darajada ham, global miqyosda ham insoniyat uchun yangi davrni, yanada ulkan imkoniyatlarni, strategik hamkorlikni yanada mustahkamlanishini, tinchlik va totuvlikni yanada barqarorlashuvida alohida ahamiyat kasb etadi.

MADUMAROV TALANTBEK TOLIBJONOVICH
IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI DEKANI, YURIDIK FANLAR DOKTORI, PROFESSOR
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.